Fransiya Rossiya bilan tuzilgan şartnomani bekor qilib, “Mistral”lar qurilişi uçun olingan 785 mln yevroni qaytarişga tayyor. Bu haqda “Kommersant'” gazetasi xabar bermoqda.
Naşrga ma'lum bölişiça, Parij vertolyot taşuvçi kemalar yetkaziş böyiça şartnomani bekor qiliş yuzasidan hujjat loyihalarini tayyorlab, ularni Moskvaga yuborgan. Rossiya mutasaddilari hujjatlarni körib çiqqaç, murosaga erişilişi kutilmoqda.
Taxmin qilinişiça, Rossiya kemalarni uçinçi tomonga sotişga yozma ruxsatnoma bergandan söng öz pullarini qaytarib oladi. Ammo, Rossiya kemalar qurilişiga va şu bilan boğliq işlarga 1.163 mlr yevro sarflaganini da'vo qilmoqda; u Fransiya körsatilgan miqdordagi pulni qaytarmagunga qadar reeksportga yozma ruxsat bermaydi.