Nepal boş vaziri Suşil Koirala hukumat ikkinçi zilzilaga tayyor bölmaganini tan oldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

“Birinçi zilziladan keyin biz bunday katta darajadagi ikkinçi zilzilaga tayyor emasdik”, deb aytdi Koirala jurnalistlarga bergan intervyusida.

Koirala yuz minglab odamlar hanuzgaça boşpanasiz qolayotgani uçun musson yomğirlari yoğişi haqidagi ob-havo ma'lumotlaridan xavotirda ekanligini ta'kidlab ötgan.

Avvalroq Nepaldagi birinçi zilzila qurbonlari soni 8 mingdan oşib ketgani ma'lum qilingandi.