Marca naşri ötkazgan söronomaga köra, “Real” muxlislarining teng yarmi klubning yarim himoyaçisi Garet Beylni keyingi mavsumda jamoa tarfibida körişni istamayapti.
Oxirgi 18 ta öyinda futbolçi bor-yöği 3 ta gol urgan va kam hollarda muhim öyinlarda jonbozlik körsatgan. Şuning uçun muxlislar Beyl klubni tark etişi kerak, deb hisoblaşmoqda.
Qayd etiş joizki, Kriştianu Ronaldu ham muxlislarning işonçini yöqotmoqda. Muxlislarning 30 foizi Ronalduga qarşi fikr bildirişgan. Muxlislar uni “Valensiya” va “Yuventus”ga qarşi öyinlarda jamoani qutqara olmaganlikda aybdor deb hisoblamoqdalar.
Muxlislar Kasilyas, Arbeloa, Koentrau, Xedira va Lukas Silva ham jamoani tark etişlari uçun deyarli bir ovozdan ovoz bergan.






