AQŞ Mudofaa vazirining Osiyo-Tinç okeani mintaqasi xavfsizlik masalalari böyiça yordamçisi Devid Şir Pentagonning Avstraliyada strategik bombardimonçi va uçuvçisiz samolyotlarni joylaştiriş haqidagi rejalarini ma'lum qildi. Bu haqda Foreign Policy naşri xabar berdi.
Tovuş tezligidan tez uçadigan B-1B “Lanser” bombardimonçi samolyotlari va “Global Xok” oğir uçuvçisiz parvoz qurilmalari Avstraliyada mavjud bölgan AQŞ dengiz qöşinlari korpusining kuçlarini töldirişi kerak böladi.
Naşrning ta'kidlaşiça, AQŞ Xitoyning ösib borayotgan ta'siriga qarşi mintaqada özining harbiy joylaşuvini kuçaytirişni rejalaştirmoqda.
AQŞning quruqlikdagi kontingenti Avstraliyada 2012 yilda joylaştirilgan va uning soni borgan sari oşib bormoqda. 2014 yilda Vaşington va Kanberra örtasida 25 yil muddatga birgalikda joylaşiş va maşğulotlar ötkaziş haqida kelişuv imzolangan edi. 2016 yilgaça Avstraliyada 2500 nafar dengiz qöşinlari harbiylari joylaştirilişi möljallanmoqda.
B-1B bombardimonçi samolyotlari 1970-yillarda yaratilgan va dastlab yadroviy jangovor qismga ega AGM-69 SRAM aeroballistik raketalarini qöllagan holda yadroviy uşlab turiş masalalarini bajariş uçun möljallangan edi. SRAM raketalari qurollanişdan olingandan keyin bu samolyotlarda turli turdagi erkin holda tuşuvçi raketalar qöllanmoqda va bu samolyotlar JASSM yuqori aniqlikdagi noyadroviy qanotli raketlarini qöllay oladi.
2015 yilning aprelida avval Jangovor aviatsion kömondonlik tarkibida harbiy vazifalarni bajargan B-1B samolyotlarini AQŞ yadroviy triadasining yer usti va aviatsion qismini nazorat qiluvçi global zarba beriş qömondonligi tarkibiga ötkaziş haqida qaror qabul qilingan edi. Bu holat yadroviy va noyadroviy kuçlarni bir rahbariyat ostida birlaştirib, strategik uşlab turişning samaradorligini oşiradi, deb hisoblanmoqda.






