AQŞning sobiq prezidenti Bill Klinton va uning rafiqasi, AQŞning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton 2014 yilda ommaviy nutqlari uçun gonorar sifatida 25 mln dollar olgan, deb xabar bermoqda The Washington Post gazetasi.
Bunday ma'lumotlar Klintonlar oilasi topşirgan moliyaviy hisobotda körsatilgan. Hammasi bölib ötgan yilda er-xotin Klintonlar 104ta ommaviy leksiya öqigan. Ma'lum qilinişiça, 2012 yildan beri Hillari Klintonning bir leksiyasi narxi 250 ming dollarga yaqinni taşkil qiladi. Bu qiymat AQŞ fuqarosining bir yillik örtaça maoşidan bir neça marta köproq qiymatni taşkil qiladi.
Bundan taşqari, sobiq davlat kotibi özining “Muşkul tanlov” kitobi uçun mualliflik gonorari sifatida 5 mln dollar daromad olgan. Siyosatçining xotiralari kiritilgan bu kitob 2014 yilning iyunida çop etilgan.
Bill Klintonning prezidentlik muddati nihoyasiga yetişidan oldin Klintonlar oilasi qiyin moliyaviy ahvolda qolgan edi. Biroq AQŞ sobiq prezidenti yodnomalarining çop etilişi va er-xotinning köp sondagi leksiyalari Klintonlar oilasiga bu muşkul vaziyatni önglab olişlariga yordam berdi.
Şuningdek, Barak Obama va uning rafiqasi ham 2014 yildagi daromadlarini deklartsiya qilişdi. AQŞ federal qonunçiligiga köra, AQŞ prezidenti va boşqa mansabdor şaxslar har yili öz daromadlari va ziyonlari böyiça hisobot berib borişlari kerak. Barak Obama va uning rafiqasi Mişel Obamaning boyligi 1,9 mln dollardan 6,9 mln dollargaça baholanmoqda. Bu qiymatdan katta qismi AQŞ Ğaznaçiligi tomonidan çiqarilgan qimmatli qoğozlar hisobiga töğri keladi. Ularning bozor qiymati 1,25 mln dan 5,25 mln dollargaçani taşkil qilmoqda.
Obama oilasining qolgan aktivlari jamğarib boriluvçi pensiya hisob raqamlarida, muddatsiz omonatlarda, pensiya jamğarmasi va farzandlarining öqişini tölaş uçun jamğarma hisob raqamlarida saqlanmoqda. Obamalar oilasi, şuningdek, Çikagoda uyga ega. Şuningdek, Obamaning “Umid jasorati” va “Otamning orzulari” kitoblari uning oilasiga 130 ming dollar qöşimça daromad keltirgan.






