Taniqli sport kommentatori Georgiy Çerdantsev Yevropa Ligasi musobaqasi va “Çelsi” ijrosidagi zerikarli futbol haqidagi öz fikrlarini bildirib ötdi.

“Siz tvitterda Yevropa Ligasini yopib yuborsa ham böladi, degan fikrni bildirib ötdingiz” degan savolga Çerdantsev quyidagiça fikr bildirib ötdi.

“Aynan şunday. Juda böş musobaqa. Agar özining milliy çempionatining yetakçisi hisoblanmagan, Yevropada yetakçi jamoalarga aloqasi bölmagan jamoa (“Dnepr” nazarda tutilmoqda – tahr.), xuddi şu fikrni Portugaliyaning “Braga” jamoasi haqida ham aytiş mumkin, uşbu musobaqaning finaliga çiqa olsa, bu musobaqaning unçalik yuqori darajada emasligidan va musobaqa içida raqobatning sustligidan darak beradi. Men futbolni natija uçun emas, futbol bölgani uçun yaxşi köraman. Axir futbol sirk emas, haqiqiy bellaşuvdir.

Men öz fikrimni aytib ötdim, xolos. Şuningdek, menga “Çelsi” körsatayotgan öyinni köriş qiziq emas. Men bu jamoaning öyinlarini juda kam köraman, çunki bu jamoa juda zerikarli öyin namoyiş qilyapti. Biroq şunga qaramay, “Çelsi” çempion böla oldi”, deb kommentatorning sözlarin keltirib ötdi eurofootball.ru portali.