IŞID jangarilari Suriyaning Palmira şahridan3 kilometruzoqlikda joylaşgan Al-Amiriya qişloğida 45 kişini qatl etdi, deb harbiy manbaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Al-Amiriya qişloğida xunrezlik sodir böldi, harbiy şaharçaga ham hujumlar uyuştirildi, 45 nafar fuqaro öldirildi”, deb aytmoqda manba.

Palmira şahriga ziyon yetmagan. Ayni paytda jangarilar voqea joyidan çekinayotgani qayd etilgan. Voqea joyiga jangarilarga qarşi turiş uçun 500ga yaqin askar yetib kelgan.

Avvalroq IŞID jangarilari Palmiraning 26 nafar tinç aholisini qatl etgani ma'lum qilingandi.