Vatikan Falastinni suveren davlat sifatida tan olgaç, Rim papasi Frantsisk I 16 may kuni Falastin rahbari Mahmud Abbosni rasman qabul qildi. 

Frantsisk I Vatikandagi qarorgohida Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuv vaqtida u mehmonini "tinçlik fariştasi" deb atagan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Qayd qilinişiça, papa Mahmud Abbosga uruşga qarşi olib borayotgan harakatlari uçun tinçlikni ifodalovçi medalon topşirgan.

Öz navbatida Falastin rahbari papaga XIX asrda islomdan nasroniylikka ötgan falastinlik ikki rohiba – qudduslik Mari−Alfonsin Danil Gattas va vifleyemlik Mariam Bavardiga tegişli buyumlarni topşirgan. 17 may kuni bu dindorlarni avliyolar safiga kiritiş marosimi ötkaziladi.