Ukraina Milliy banki va Xitoy Xalq banki 2,4 mlrd dollar qiymatdagi grivna va yuanda valyuta svopi haqida kelişib olişdi. Bu haqda UNIAN agentligi xabar bermoqda.
Ma'lumot uçun, svop konversion operatsiya bölib, kelişilgan kurs böyiça bir davlatning pul birligini boşqa davlatning pul birligiga ma'lum sana böyiça hisob-kitoblarni amalga oşirgan holda ayirboşlaş böyiça valyuta bozori iştirokçilarining bitimi hisoblanadi.
Ukraina tomonidan kelişuvni Milliy bank rahbari Valeriya Gontareva, Xitoy tomonidan Xalq banki rahbari Çjou Syaoçuan imzoladi.
Kelişuvga köra, Ukraina 54 mlrd grivna, Xitoy 15 mlrd yuan taqdim qiladi. Kelişuv uç yilga imzolandi va 2015 yilning 23 iyunidan kuçga kiradi.
“Bu kelişuv bizning davlatlarimiz – strategik hamkorlar uçun juda muhim kelişuv hisoblanadi va ikkala davlatning iqtisodiy rivojlanişiga kömak beradi. Kelişuv böyiça olingan mablağlar savdo operatsiyalari va ikkala davlat örtasidagi töğridan-töğri investitsiyalarni moliyalaştiriş uçun işlatilişi mumkin”, deb izoh berib ötdi Ukraina Milliy banki rahbari Valeriya Gontareva.
Gontarevaning ta'kidlaşiça, kelişuv valyuta kursiga bosimni kamaytiriş va pul-kredit bozorini barqarorlaştirişga kömak beradi.
Avvalroq S&P mutaxassislari Ukraina Milliy bankining bank sektoridagi harakatlari defoltga olib kelmasligini aytgan edi.






