Xitoy özining oltin zaxiralari yordamida AQŞ dollarini qadrsizlantirişi mumkin, deb yozmoqda Want China Times naşri.
Xitoy özining 30 ming tonna oltin-valyuta zaxiralari yordamida beqaror bölgan AQŞ valyutasiga qattiq zarba bera olişga qodir, deb aytmoqda naşrning iqtisodiy şarhlovçisi Jin Zixou.
Zixouning aytişiça, Xitoy jahon savdo va moliyaviy bozorlarida AQŞga çaqiriq taşlaşni möljallamoqda, buning uçun Pekin haqiqatda katta miqdorda oltin zaxirasini işlatişiga töğri keladi.
Naşrning yozişiça, Xalqaro valyuta jamğarmasi valyuta zaxirasi savatçasiga Xitoy yuanining kiritilişi buni amalga oşirişdagi qadamlardan biri böladi. Hozirda bu savatçaga dollar, yevro, funt sterling va yapon iyenasi kiritilgan.
Ma'lum qilinişiça, Xitoy oltin zaxiralarini töplab, dollar kursining tuşişiga tayyorgarlik körmoqda. Bunga nafaqat Xitoy, balki 2005 yildan beri öz oltin-valyuta zaxiralarini ikki barobarga köpaytirgan Rossiya hamda 2,8 tonna oltinga ega XVJ ham tayyorgarlik körmoqda.
“Agar Xitoy haqiqatda ham 30 ming tonna oltinga ega bölsa, unda yuan kuçli qalqon bilan mustahkamlangan böladi. Agar bu şunday bölmasa ham, Xitoy ommaviy ravişda oltin töplayotgani va uning jahon moliyaviy bozorlardagi nufuzi ança oşganiga heç kim şubha bildirmaydi”, deb yozilmoqda naşrda.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlaniş taşkiloti prognoziga köra, Xitoy iqtisodiyoti 2016 yilda AQŞ iqtisodiyotidan özib ketadi, bu esa yuanning asosiy jahon zaxira valyutasiga aylanişiga olib keladi.
Biroq bu özgarişlar bir onda sodir bölişining ehtimoli kam, garçi Xitoy hozirda oltin qazib oliş böyiça birinçi örinni egallayotgan bölsa ham, u haqiqatda zarur miqdorda oltin-valyuta zaxirasiga egaligi haqida heç narsa ma'lum emas.






