Afğoniston Qurolli kuçlarining maxsus operatsiyasi davomida oxirgi kunlarda “Tolibon” harakatining kamida 138 jangarisi yöq qilindi, deb xabar berilmoqda Afğoniston Içki işlar vazirligining rasmiy saytida.
Maxsus operatsiyalar Kunduz, Farob, Badahşon, Sari-Pul, Qandağor, Zobul, Öruzgan, Ğazniy, Paktika, Nangarxor va Ğor viloyatlarida ötkazilgan. Operatsiya davomida 138 jangari öldirilgan, 83 nafari yaralangan, 7 nafar jangari Afğoniston milliy xavfsizlik kuçlari tomonidan qölga olingan.
Vazirlikning ma'lumotlariga köra, harbiylar jangarilarga tegişli yengil va oğir turdagi qurol-aslaha, 55 ta mototsiklni aniqlaşga muvaffaq bölganlar. Politsiyaçilar tomonidan 7 ta qölbola portlovçi qurilma xavfsizlantirilgan.
Afğonistonda bir neça yillardan beri “Tolibon” rakidal harakati faoliyat körsatib keladi. Hukumat qöşinlari jangarilarga qarşi muntazam ravişda maxsus operatsiyalar ötkazib keladilar. Köpinça bu töqnaşuvlarda tinç aholi vakillari ham qurbonlar böladi.






