“Mançester Yunayted” Angliya çempionatining yetakçi törtligidan öziga joy ta'minlab qöydi va bu unga keyingi mavsumda Çempionlar Ligasida iştirok etiş huquqini beradi.

“Liverpul” jamoasi “Kristal Pelas”dan 1:3 hisobida mağlub bölgandan keyin, Çempionlar Ligasida iştirok etiş uçun barça imkoniyatlardan mahrum böldi.

Agar Lui van Gal jamoasi çempionatni 4-natija bilan yakunlasa, Çempionlar Ligasining guruh bosqiçiga yöl oliş uçun kvalifikatsiya bosqiçining finalida iştirok etişiga töğri keladi.

Musobaqaning guruh bosqiçiga qur'a taşlaşda “Yunayted” 2-savatçadan örin oladi va guruhlarga böliş qoidalariga köra, UYeFA reytingining birinçi yettita davlati çempionlaridan biri (“Çelsi”dan taşqari) bilan bir guruhda öynaydi. Agar 2014/2015 yillardagi mavsumda Çempionlar Ligasining ğolibi öz davlatining çempion jamoasi bölsa, “PSV” jamoasi 1-savatçadan joy oladi.

Şu tariqa, Çempionlar Ligasining guruh bosqiçida “Bavariya”, “PSJ”, “Yuventus”, PSV, “Barselona” va/yoki “Real”, “Benfika” yoki “Portu”, “Zenit” yoki “Krasnodar” jamoalari “MYu” ning raqiblari bölişlari mumkin.