Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Mudofaa vaziri Sergey Şoygu Tungi xokkey ligasining “MXL yulduzlari” va “MXL terma jamoasi” örtasida ötgan gala-uçraşuvda “yulduzlar” jamoasi safida xokkeyçilar sifatida muzga tuşişdi.
Uçraşuv “Yulduzlar” foydasiga 18:6 hisobi bilan yakunlandi.
“Bu öyinda mağlub bölganlar yöq. Hammaga rahmat, hammani ğalaba bilan tabriklayman”, dedi Putin öyindan keyin.
Bu öyinda “MXL yulduzlari” öyinçilarining barçasi Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 70 yilligi munosabati bilan 70 raqami ostida harakat qilişdi.
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu uçraşuvning eng yaxşi öyinçisi deb topilib, mukofot sifatida Qrimga sayohat qiliş uçun yöllanma bilan taqdirlandi.






