Çexiyada bölib ötgan xokkey böyiça jahon çempionati uçraşuvlariga 740 ming tomoşabin taşrif buyurdi. Şu tariqa, uşbu körsatkiç böyiça yangi rekord örnatildi.
Ilgarigi rekord 2014 yilda Minskda bölib ötgan çempionatda örnatilgan edi (640 044 tomoşabin).
Kanada va Rossiya terma jamoalari örtasida bölib ötgan final uçraşuvini tomoşa qiliş uçun O2 Arena maydoniga 17 383 kişi keldi. Uçraşuv kanadaliklar foydasiga 6:1 hisobi bilan yakunlandi.
2016 yildagi çempionat Moskva va Sankt-Peterburg şaharlarida ötkaziladi.