17 may kuni Rossiyaning Çelyabinsk şahrida Olimpiya öyinlari dasturidan örin olgan taekvondoning WTF yönalişi böyiça kattalar örtasida ötkazilayotgan jahon çempionati bahslari doirasida yana ikki nafar özbekistonlik sportçi sovrindorlar safidan joy oldi.

Uşbu jahon çempionatida dunyoning 141 davlatidan kelgan eng kuçli dayan ustalari ğoliblik va şu bilan birga Rio-2016 Olimpiya öyinlarining muhim reyting oçkolari uçun bahs olib borişyapti.

Özbekiston taekvondo WTF tarixida ilk oltin medal qölga kiritildi. +87 kg vazn toifasida dayanga çiqqan Dmitriy Şokin barça raqiblarini yengib, jahon çempioniga aylandi. U hal qiluvçi final bellaşuvida London-2012 Olimpiadasi çempioni bölgan gabonlik sportçini mağlubiyatga uçratdi. Asosiy vaqtda 10:10 hisobi qayd etildi. Qöşimça vaqtda Şokin aniq zarba bilan raqibini mağlub etdi.

Eslatib ötamiz, Şokin finalga qadar avvaliga yamaykalik Jyeyson Grantni 31:1, keyin italiyalik Leonardo Basileni (8:2) , çorak finalda germaniyalik Volker Vodzixni (11:2), yarim finalda kubalik taekvondoçini doğda qoldirgandi.

-87 kg vazn toifasida yurtimiz sport şarafini himoya qilgan Jasur Boyqöziyev esa final jangida ozarbayjonlik azaliy raqibiga kiçik farq bilan imkoniyatni boy berib, kumuş medal bilan taqdirlandi.

Öz vazn toifasida dunyoning birinçi raqamli taekvondoçisi bölib turgan Boyqöziyev finalga qadar serbiyalik Miloş Goluboviçni (8:2), italiyalik Karlo Molfettani (9:5), çorak finalda meksikalik Misael Lopesni (3:2) hisobida mağlub etgandi. U yarim final bellaşuvida rossiyalik Vladislav Larinni ham yengdi.

Ayni vaqtdaÖzbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 3taga yetdi. Özbekistonliklar orasidan birinçi bölib bahslarga kirişgan Nikita Rafaloviç -74 kg vazn toifasida finalga qadar yetib borib, kumuş medal bilan taqdirlangan edi. 18 may kuni ötkaziladigan musobaqaning sönggi kunida Maksim Rafaloviç öz imkoniyatini sinovdan ötkazadi.