Estoniyaning GoRail temir yöl kompaniyasi Tallin-Moskva yönalişi böyiça marşrutni töxtatmoqda. Kompaniya joriy hafta oxirida Estoniya poytaxtidan uşbu yönaliş böyiça sönggi yölovçilar tarkibi jönatilişi haqida ma'lum qilgan.

GoRail kompaniyasi direktori Alar Pinselning aytişiça, Tallin-Moskva marşrutining töxtatilişiga Rossiyadan turistlar kelişining kamayganligi sabab bölib, buning oqibatida kompaniya zarar körmoqda.

Pinsel uşbu yönalişdagi aloqani Estoniya temir yöllari kompaniyasi davom ettirişi mumkinligini ta'kidlagan.

Estoniya temir yöllari Rossiya temir yöllari kompaniyasi bilan aloqani davom ettiriş böyiça muzokaralar olib borayotgan bölib, hozirça mazkur masalada biror töxtamga kelinmagan.