Kubanning "Krasnodar" jamoasi futbol böyiça Rossiya çempionatining 28-turida öz maydonida Moskvaning "Torpedo" jamoasini qabul qildi. Bu öyinda 2:2 hisobi qayd etildi va mezbonlar keyingi mavsumda YeÇlda qatnaşiş uçun imkoniyatlarini kamaytirib yuborişdi.
Öyinda Vanderson (25) va Laborde (64) tomonidan kiritilgan töplarga mezbonlar safidagi Putilo (54) hamda Kirill Kombarov (74) javob qaytarişgan. Öyinda Özbekiston terma jamoasi a'zosi Odil Ahmedov 90 daqiqa harakat qilgan.
Şu tariqa, bu durangdan keyin "Krasnodar" hisobidagi oçkolar soni 56tani taşkil etmoqda.
"TsSKA" esa 28-tur doirasidagi öyinini safarda "Spartak"ka qarşi ötkazdi hamda yirik hisobda ğalaba qozondi. Yeremenko (11, 22), Toşiç (30) va Musa (63) tomonidan kiritilgan gollardan keyin 4:0 hisobi örnatildi.
"Armiyaçilar" hisobida ham ayni vaqtda 56 oçko mavjud, lekin töplar nisbati "TsSKA"da yaxşiroq, jamoa şu vaqtgaça raqiblar darvozasini 63 marta işğol qilgan hamda öz darvozasidan 26ta gol ötkazgan. "Krasnodar"da esa bu böyiça körsatkiç 49-25 nisbatini taşkil etadi.
"TsSKA" keyingi turlarni "Rubin" (25 may kuni, öz uyida) hamda "Rostov" (30 may kuni, safarda) jamoalariga qarşi ötkazadi.
"Krasnodar" keyingi ikki tur doirasida 24 may kuni "Rostov" bilan öz maydonida, 30 may kuni esa "Dinamo" bilan safarda öyin ötkazadi.
SÖNGGI UÇRAŞUVLAR








