“Mançester Yunayted” boş murabbiyi Lui van Gal Angliya Premer-ligasining 34-turi doirasida ötkazilgan “Arsenal” (1:1) bilan öyindan keyin jamoa darvozaboni David De Xeaning kelajagi haqida öz fikrlarini bildirib ötdi.

“U bizdan osonlikça ketmaydi. “MYu” – katta jamoa va De Xea bu jamoaning bir qismi bölişni istaydi. Biroq David – ispan va u “Real” kabi buyuk jamoaga ketişi mumkin. Davidga yakuniy qaror qabul qiliş qiyin böladi. Ikki buyuk jamoadan birini tanlaş qiyin masaladir.

Biroq De Xea qoladi, deb kafolat berolmayman. Transfer – bu öyinçi, uning jamoasi va boşqa klub iştirok etadigan jarayondir. Agar u safimizda qolsa, juda xursand bölardik.

Jarohat haqida aytadigan bölsak, Davidning tizzaosti payida jarohati bor”, deb aytib ötdi van Gal.

Eslatib ötamiz, Madridning “Real” klubi 24 yoşli darvozabonni sotib olişni rejalaştirmoqda.