AQŞ Şimoliy Koreyaga qarşi joriy qilingan çeklovlarni yanada kuçaytirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Jon Kerri Seulda bölib ötgan Janubiy Koreya taşqi işlar vaziri Yun Byon Se bilan uçraşuv yakunlariga köra berilgan bayonotda ma'lum qildi.
“Biz Şimoliy Koreyaga qarşi sanksiyalarni kuçaytiriş metodologiyasini muhokama qilmoqdamiz”, – ta'kidlab ötdi Kerri jurnalistlar bilan muhokama çoğida.
Şuningdek, u iyunda Vaşingtonda bölib ötadigan uçraşuvda AQŞ va XXR vakillari bu masalani çuqurroq muhokama qilişini ta'kidlab ötdi.