“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu öz jamoasining Ispaniya çempioni unvonini qölga kiritgani xususida ba'zi fikrlarini bildirib ötdi.

“Biz juda ham xursandmiz. Öz oldimizga qöygan maqsadlarimizdan biriga erişdik. Mavsum juda uzoq davom etadi, har qanday vaziyat yuz berişi mumkin, biroq biz hamjihat ekanligimizni, uşbu unvonga loyiq ekanligimizni isbotladik.

Messi juda köp gol urdi, biroq butun jamoa yorqin öynadi. Leo doimo dunyoning eng zör öyinçisi bölgan. Xorxe Valdano aytganidek, dunyoning ikkinçi eng yaxşi öyinçisi – bu jarohat olgan Messidir.

Bu ğalabani keyingi şanba kuni “Deportivo” bilan uçraşuvdan keyin nişonlaymiz.

Luis Enrike ajoyib mavsum ötkazdi va natija özini kuttirib qöymadi. Hayot davom etadi. Yangi jamoalar, yangi özgarişlar kelmoqda. Jamoamiz juda yaxşi formada hamda ğalabalarni qölga kiritiş uçun öçdir”, deb aytdi Bartomeu.