2015 yil 19 may, Amsterdam-Toşkent. Aloqa operatori Beeline milliy matbuot-anjumani doirasida 2015 yil I çoragidagi moliyaviy va operatsion natijalari haqida xisobot berdi. Özbekiston, Armaniston, Gruziya, Qirğiziston, Laos va Tojikiston mamlakatlaridan taşkil topgan Eurasia nomli VimpelCom Ltd biznes-birligi tarkibida ilk bor mazkur xisobot taqdim etildi.
Unitel MÇJ boş direktori Vladimir Petrov öz taqdimotida belgilaşiça, uşbu davr mobaynida Beeline abonentlarining soni 10 356 000 kişini taşkil etdi. Mobil aloqasining bir abonenti uçun örta statistik hisob 12 819 sömni taşkil etdi, bu esa ötgan yilga nisbatan 14%ga köp. Şunda MOU körsatgiçi (bir oy davomida bir abonent sarflagan daqiqalar soni) 491 daqiqani taşkil etdi, va bu VimpelCom kompaniyalar guruhiga kiradigan 14 kompaniya orasida rekord körsatgiç böldi.
"Avval e'lon qilinganidek, 2015 yildan boşlab Özbekistonda Beeline hisobotni şu yerdagi valyutada taqdim etadi, şu bois bizning hisobotimiz mijozlarimiz uçun yanada qulay va tuşunarli böladi, - deydi Unitel MÇJ boş direktori Vladimir Petrov. - Birinçi çorak mobaynida biz köp narsani ulgurdik, ham xizmat körsatiş borasida, agentlik tarmoğimizni yaxşiladik, butun 3G tarmoği böyiça innovatsion "Hozirlik effekti" HD-texnologiyasini işga tuşirdik. Yil söngiga qadar yangi baza stansiyalarini işga tuşiriş borasida yana köp mehnat qilişimiz darkor, bizning jamoamiz bu maqsadga erişişiga işonaman".
Respublika uyali aloqa bozoridagi yetakçisining sof operatsion foydasi yanvardan mart oyiga qadar 409 milliard sömni taşkil etdi.






