Buyuk Britaniyada 55 yil içida ilk bor deflyatsiya qayd etildi. Uşbu körsatkiç aprelda yillik ifodada 0,1 foizni taşkil etdi. Bu haqda Buyuk Britaniya Milliy statistika byurosiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Iste'molçilik narxlari oylik ifodada 0,2 foizga ösgan.
Öz navbatida, Buyuk Britaniya Moliya vaziri Jorj Osbornning aytişiça, mamlakatdagi deflyatsiya iqtisodning yaxşi holatda ekanligidan darak beradi.
“Bu oşayotgan oyliklar va tuşib borayotgan narxlar birikmasidir – mehnatkaş oilalar uçun yaxşi yangilik. Uşbu holat işlayotgan iqtisodiy dasturning afzalligini namoyiş qiladi. Bu ziyon keltiruvçi deflyatsiya emas”, deb aytdi Osborn.
Ma'lumot uçun, deflyatsiya inflyatsiyaga teskari jarayon bölib, mahalliy valyutaning xaridorgirlik qobiliyatini oşiradi. Bu jarayon narxlarning tutişi bilan aks etadi.






