Rossiyaning “Biyskiy kotelnyy zavod” korxonasi Özbekiston energiya obektlari uçun buğ jihozlari yetkazib berdi. Bu haqda Oltoy ölkasi sanoat va energetika boşqarmasi xabar berdi.
Tabiiy gaz va mazutda işlaydigan PTVM-30 suv qaynatuvçi qozoni Özbekiston korxonalaridan birining buyurtmasiga asosan işlab çiqarilgani aytilmoqda.
Ayni paytda şartnoma bajarilgan va mahsulot özbekistonlik buyurtmaçiga yetkazib berilgan. U suvni 150 darajada qizitişga möljallangan bölib, markaziy isitiş tizimida hamda sanoat va maişiy obektlarni issiq suv bilan ta'minlaşda qöllanilişi mumkin.






