Janubiy Koreyadagi Pundan Ça şifoxonasining yurak jarrohlari va Junior Chamber International - JCI-Korea xalqaro taşkiloti vakillaridan iborat delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurdi. Ma'lum bölişiça, 12 kişilik uşbu delegatsiyaning Toşkentga taşrifi JCI-Korea taşkilotining “Soğlom avlod uçun” jamğarmasi bilan hamkorligi doirasida taşkil etilgan.
Koreyalik şifokorlar Özbekistonda 19-23 may kunlari bölib, bir qator tadbirlarda iştirok etadi. Jumladan, ular “Soğlom avlod uçun” jamğarmasida uçraşuvlar ötkazadi, yurak xastaligiga çalingan bolalarni tibbiy körikdan ötkazadi, Kim Pen Xva nomidagi muzeyga, Arirang pansionati, Toşkentdagi koreys ta'lim markazi, Özbekistondagi Koreya madaniy markazlari uyuşmasi, Sejong nomli koreys maktablari va Koreya elçixonasiga taşrif buyuradi. Bundan taşqari, ular loyiha doirasida jarrohlik amaliyotidan ötgan bolalar bilan uçraşadi.
20 may kuni koreyalik jarrohlar xasta bolalarni tibbiy körikdan ötkazadi. Keyinçalik yoş bemorlardan ba'zi birovlari Koreyaga olib ketilib, JCI-Korea taşkilotining moliyaviy kömagida Ça universiteti qoşidagi Pundan Ça şifoxonasida davolanadi yoki jarrohlik amaliyotidan ötkaziladi.






