Norwegian Dawn kruiz layneri Bermud orollari yaqinida sayozlikka botib qoldi.
Kema bortida 3 mingdan ortiq kişi: 2675 nafar yölovçi va 1062 nafar ekipaj a'zosi bölgan. Heç kim jarohatlanmagan, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
Norwegian Dawn kemasi Bostonga yöl olayotgan bölib, Bermud orollaridagi portdan çiqişi bilanoq kema dvigatellari tösatdan öçib qolgan va kema sayozlikka botib qolgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, favqulodda hodisaga kemada elektr energiyasining vaqtinçalik öçirilişi sabab bölgan. Buning oqibatida kemaning tezligi tuşib ketgan va kema sayozlikdan ötib keta olmagan.
Hodisa yuzasidan tergov işlari olib borilmoqda.






