Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasida Şvetsiyaning «IEC in Sport» mediakompaniyasining direktori T. Engdal va maslahatçi X. Şyorgen boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda MTRK matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Uçraşuv davomida taraflar Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Şvetsiyaning «IEC in Sport» mediakompaniyasi örtasidagi mamlakatdagi turli hil sport turlari böyiça musobaqalarning translyatsiyalari şuningdek, Özbekistonda taşkil etilayotgan yirik xalqaro musobaqalarni yoritişdagi özaro hamkorlik istiqbollari masalalarini muhokama qildilar.

Janob T. Engdal Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan badiiy gimnastika böyiça Osiyo çempionati, badiiy gimnastika böyiça Jahon çempionati va «Happy Caravan» musobaqasi, 2013-2014 yillarda Toşkentda taşkillaştirilgan tennis böyiça «Taşkent Open» xalqaro turniri kabi yirik xalqaro sport musobaqalarini yoritiş böyiça özaro hamkorlikdagi işlar kölamini baholab ötdi.

Ma'lumot örnida ta'kidlab ötiş joiz, «IEC in Sport» kompaniyasi Fransiyaning yirik «Lagarder» mediagruppasining bölimi hisoblanib, köplab yirik sport musobaqalar böyiça hususan, olimpiya öyinlari turkumiga kiruvçi gimnastika, badiiy gimnastika, suziş, voleybol, yengil atletika, dzyudo, oğir atletika va boşqa sport turlarining teletranslyatsiya huquqlariga ega hisoblanadi.