Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vaziri Kamoliddin Geydarov Özbekistonga işçi taşrifini barvaqt yakunladi va Bokuga qaytdi.
«Ozarbayjon FVV rahbari seşanba kuni işçi taşrifi bilan Özbekistonga yöl olgandi. Ammo seşanba kuni bir neça qurbonlar bölişiga olib kelgan Bokudagi yonğin tufayli K.Geydarov Özbekistonga taşrifini töxtatdi va Ozarbayjon poytaxtiga qaytdi», — deyiladi Ozarbayjon FVV axborotida.
Eslatib ötamiz, Kamoliddin Geydarov Özbekiston FVV bilan hamkorlik kelişuvini imzolaş uçun Toşkentga kelgandi.
19 may kuni 16 qavatli uyda yuzaga kelgan yonğin tufayli 16 kişi halok böldi va 64 kişi jabrlandi, ularning 54 nafari şifoxonaga yotqizildi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev yonğin sabablarini örganiş uçun davlat komissiyasi tuzdi va boş vazir Abid Şarifovni komissiyaga rahbar etib tayinladi.
Huquq-tartibot idoralari 19 may, seşanba kuni yonğin sodir bölgan köp qavatli binoning devorini qoplaş işlari bilan şuğullangan Global Construction kompaniyasi rahbarini qölga oldi.






