Amerikalik afsonaviy blyuz yönalişida ijod qilgan musiqaçi Bi Bi King tuğilib ösgan va öz faoliyatini boşlagan ona ştati Missisipida 30 may kuni dafn etiladigan böldi. Bu haqda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.

Marhumning jasadi Tennessi ştatining Memfis şahriga olib kelinadi. U yerda vidolaşuv marosimi va musiqaçining xotira kuni bölib ötadi. Söngra marhum Missisipi ştatining Indianola şahriga olib kelinadi. Bi Bi King aynan şu şaharda tuğilib, voyaga yetgan. 29 mayda bu yerda ham vidolaşuv marosimi bölib ötadi, ertasiga – 30 may kuni musiqaçi Bell Grove çerkovi yonidagi qabristonga dafn etiladi.

Ma'lumot uçun, “blyuz qiroli” Bi Bi King 14 may kuni, Las-Vegasdagi uyida 89 yoşida uzoq davom etgan kasallikdan söng vafot etdi. Bi Bi King son-sanoqsiz mukofotlar, şu jumladan bir neçta Gremmi mukofoti sovrindori hisoblanadi. Gitaraçi va xonanda özining maşhurligiga bamaylixotir qarardi: “Dunyoda köplab men qilolmaydigan narsalar bor. Menda faqat bitta narsa yaxşi çiqadi – Bi Bi King böliş”, deb aytgan edi “blyuz qiroli” öz intervyularidan birida.