AQŞning Atlanta şahrida poyezd temiryöl izlariga tiqilib qolgan avtobusni urib ketdi.
Katta tezlikda kelayotgan poyezdni körib avtobusdagi yölovçilar sarosimaga tuşib qolişgan. Odamlar şoşgandan eşiklarni oçiş tugmalarini topolmay dovdirab qolgan haydovçiga eşiklarni oçişini sörab baqirişgan hamda eşiklar oçilgandan keyin şoşgança avtobusdan sakrab tuşib, uzoqroqqa qoçişga harakat qilişgan.

Videoda poyezd katta tezlikda kelib avtobusga urilgani hamda haydovçi xonasi va salonni paçoqlab yuborgani aks etgan. Avtobus keskin aylanib, temiryöl izi çetiga çiqib ketgan. Yöl-transport hodisasi oqibatida avtobusdan çiqişga ulgurolmay qolgan haydovçi töqnaşuvdan keyin avtobusdan uçib çiqqan, lekin u jiddiy şikastlanmagan. Yana 5 nafar yölovçini esa şifoxonaga olib borişga töğri kelgan.






