Özbekistonning birinçi raqamli tennisçisi Denis Istomin Şveytsariyaning Jyeneva şahrida davom etayotgan ATP turnirining yakkalik bahslaridagi iştirokini yakunladi. U çorak finalga yöllanma beradigan ikkinçi davra bahsida mağlubiyat alamini totib kördi.

Mukofot jamğarmasi 494 ming 310 yevroni taşkil qiluvçi musobaqaning bu bosqiçida Istomin braziliyalik Tomaz Beluççiga ikki setda ham bir xil 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi. Bundan oldinroq ham Denis aynan Beluççiga yutqazib qöygandi.

Eslatib ötamiz, Istomin asosiy törning birinçi davrasida Yanko Tipsareviçni 6:0, 6:2 hisobida mağlub etgan edi. Öz vaqtida dunyoning sakkizinçi raketkasi bölgan serbiyalik tennisçi ayni paytda 474-poğonadan joy olgan. Istomin esa 66-örinni egallab turibdi.