Özbekiston terma jamoasi a'zosi bölgan Svetlana Radzivil Xitoy poytaxti Pekinda bölib ötgan IAAF World Challenge turnirida balandlikka sakraş böyiça musobaqalarda 4-örinni egalladi. Bu haqda musobaqa rasmiy saytida xabar qoldirilgan.
Rasmiy saytdagi mazkur tur böyiça natijalar bölimida yozilişiça, Radzivil 1,88 metr balandlikni ukrainalik Oksana Okuneva bilan bir xil körsatkiçda oşib ötgan.
Musobaqada birinçi örnini rossiyalik 2012 yilgi London olimpiadasi öyinlari ğolibi Anna Çiçerova yölga kiritgan. Çiçerova oltin medalni qölga kiritişi uçun 1,94 m balandlikni zabt etişi kifoya qilgan. Ikkinçi örinni 1,91 m balandlikni oldinroq zabt etgani uçun xorvatiyalik Ana Şimiçga, uçinçi örin esa sent-lyuislik Levern Spenserga nasib qilgan.






