Janubiy Qozoğistonning Çimkent viloyatida yangi masjidning quriliş işlari yakunlandi. 3000 kişini siğdira oladigan uşbu masjid şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi bilan ataldi.

Uşbu maskan şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi bilan atalgan Örta Osiyodagi ilk masjid hisoblanadi. Eslatib ötamiz, bundan avval olimning nomidagi masjid dunyo böyiça ilk bor Janubiy Koreyada oçilgan edi.

Çimkentdagi  masjid qurib bitkazilgaç, ehson marosimi ötkazilgan. Masjid Janubiy Qozoğiston muftiyati va tadbirkor Rahimjon Yöldoşev homiyligida barpo qilingan. Ötkazilgan ehsonga butun şahardan, madrasalardan mehmonlar taşrif buyurişdi. Masjidning qurilişi va bezak işlarida milliy arxitektura an'analariga rioya qilingan bölib, binoning içki tomoniga oç firuza va zumrad ranglarda jilo berilgan.

Ma'lum qilinişiça, masjidning rasmiy oçiliş marosimi 26 may kuniga möljallangan.