AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod, respublikaçi Rend Pol 11 soat davomida Kongressning yuqori palatasi – senatda Vatanparvarlik aktining amal qilişini uzaytirişga qarşi nutq sözladi.

Uşbu federal qonun 2001 yilning 11 sentabridagi terrorçilik hujumlaridan keyin qabul qilingan edi. Qonun hukumatga fuqarolarni nazorat qiliş, xususan telefon suhbatlarni tinglaş va elektron poçtalarni nazorat qiliş böyiça keng vakolatlar beradi. Kongress bu qonunning amal qilişini uzaytiriş masalasini 1 iyungaça körib çiqişi kerak. Aynan şu kuni uning amal qilişi muddati tugaydi.

“Xalqlar tarixida qörquv va beparvolik hukumatga qöşimça vakolatlar beradigan vaqtlar kelmoqda, bunda erkinlar va şaxsiy hayotga tegişli huquqlar aziyat çekmoqda”, deb aytdi mahalliy vaqt bilan 13:20 da nutqini boşlagan Kentukki ştatidan vakolatlik qiluvçi senator.

Rend Pol bunga çek qöyiş vaqti kelganini va u Vanatparvarlik akti qayta körib çiqilmagan holda yana qabul qilinişiga yöl qöymasligini ta'kidlab ötdi.

Pol öz nutqini soat 23:50 da tugatgan. Qayd etiş joizki, u nutqi paytida biror marta ham ötirmagan.

Biroq u senator Strom Termond (Janubiy Karolina) örnatgan rekorddan öta olmadi. 1957 yilda Termond turli amerikalik guruhlar örtasida tenghuquqlik va saylov huquqlariga tegişli bölgan qonun loyihasining qabul qilinişiga yöl qöymaslik maqsadida 24 soat davomida nutq sözlagan. Keyingi davrdagi siyosiy yetakçilari orasida nutqining davomiyligi böyiça 2013 yilda vafot etgan Venesuelaning sobiq prezidenti Ugo Çaves rekordçi hisoblanadi. U 2012 yilda deyarli 11 soatdan ortiqroq vaqt davomida Milliy assambleya deputatlariga yil yakunlari böyiça hisobot bergandi.

Rend Pol prezident lavozimiga kuraşişi haqida 7 aprelda e'lon qilgan edi.

AQŞda prezidentlik saylovlari 2016 yilning 8 noyabrida bölib ötadi. Florida va Texasdan vakolatlik qiluvçi respublikaçi-senatorlar Marko Rubio va Ted Kruz, Arkanzasning sobiq gubernatori, respublikaçi Mayk Xakabi, şuningdek, AQŞning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton prezidentlik saylovi poygasida iştirok etişlari haqida ma'lum qilişgan.