7-8 may kunlari Qoraqalpoğistonning Beruniy tumanidagi namunali uylardan birining tomi kuçli şamol ta'sirida uçib tuşgan. Bu holat aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgan.

Suratlarni joylaştirgan internet foydalanuvçisining ma'lum qilişiça, bu uy 2014 yilda qurib bitkazilib, foydalanişga topşirilgandi.

Qayd etiş joizki, bu vaziyat namunali uylar bilan yuz berayotgan ilk e'tirozli holat emas. Biroz oldinroq, Surxondaryo viloyati hududida qurilgan namunali uylar joylaşgan mahallada suv quvurlaridagi nosozlik tufayli suv toşiş holatlaridan şikoyat qilingan va mahalla aholisi har bir yomğirni xavotir bilan kutayotgani qayd etilgandi.