20 may, çorşanba kuni Toşkent şahar xöjalik sudi tomonidan «Novyy vek» gazetasi litsenziyasi bekor qilindi. Bu haqda Anhor.uz naşri xabar tarqatdi.
Manbaning yozişiça, Özbekiston matbuot va axborot agentligi xulosasiga köra, «2013-2014 va 2015 yillarda gazeta monitoring qilinganida qabul qilingan mamlakat qonunlari va qonunçiligiga zid bölgan maqolalar gazeta sahifalarida çop etilgani uçun» şunday qarorga kelingan.
Agentlik xulosasida «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari töğrisida»gi, «Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida»gi, «Reklama töğrisida»gi, «Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisi»dagi bir qator Qonunlarning buzilişi böyiça misollar körsatib ötilgan.






