«Özbekenergo» DAK iste'molçilarga elektr energiyani barqaror yetkaziş uçun öz bölinmalarining uskunalarni kapital ta'mirdan çiqarayotganini ma'lum qildi.
“Elektr energiya uzatişda nosozliklar paydo bölmasligining oldini oliş böyiça profilaktik işlar tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq olib borilmoqda”, deyilmoqda kompaniyaning UZ24 portaliga yöllagan maktubida.
Maktubda, şuningdek, elektr energiyaning çeklanişi “«Özbekenergo» DAK tomonidan tasdiqlangan çeklaşlar jadvaliga muvofiq amalga oşiriladi”. Bu jadvallar iste'molçilar va tuman elektr korxonalari bilan hamkorlikda tuziladi. Söngra ular mahalliy hokimiyat organlari va “Özbekenergo” tomonidan ma'qullanadi. Kompaniya ma'lumotlariga köra, jadvallar yagona elektr energiya tarmoğida quvvat va energiya yetişmasligi kuzatilganda amalga kiritiladi.
Avvalroq UZ24 tahririyati “Özbekenergo”ga yoz mavsumida tokning tez-tez öçirilişiga qarşi körilayotgan çora-tadbirlar haqida ma'lumot berişini sörab murojaat qilgandi.






