“IŞID” öz tarğibot vositalari orqali yaqin 12 oy içida Pokistonda yadroviy qurolga ega bölişi mumkinligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda 23 may kuni Independent naşri xabar tarqatdi.

Mazkur maqsadni amalga oşiriş haqida terrorçilar tomonidan bir neça tillarda çop etilayotgan Dabiq jurnali sahifalarida söz yuritilgan.

“IŞID”ning banklardagi hisob raqamlarida milliardlab dollar bor. Ular şunçaki Pokistondagi öz “viloyati”ga qönğiroq qiladi va korrupsiyalaşgan amaldorlar tizimi orqali yadroviy qurolni qölga kiritadi”,  deb yozadi jangarilar qölida asirlikda bölib qaytgan britaniyalik jurnalist Jon Kentli özining “Ideal qurşov” (The Perfect Storm) maqolasida.

Şu örinda ta'kidlaş joizki, terrorçilar öz faoliyati tarğiboti yölida jurnalist Jon Kentlidan foydalanmoqda. Avvalroq internetda Kentlining 2012 yilda Suriyada asirga tuşib qolgani haqida video ma'lumot çiqarilgan edi.