Sirdaryo viloyatidagi 423ta fuqarolar yiğinlarining jamoatçilik nazorati va iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş böyiça komissiyalari taklifi bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyat bölimi, qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi, iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş boşqarmasi hamda boşqa manfaatdor taşkilotlar hamkorligida 8ta qişloq tumanlarida 81ta agrofirma taşkil etildi. Bu haqda “Turkiston-Press” axaborot agentligi xabar tarqatdi.
«Mazkur agrofirmalar yordamida aholi xonadonlaridagi 13 ming 900 gektar yer maydoniga 4200 tonna sabzavot va poliz ekini, 107 ming 900 tup köçat ekildi».
«Buning uçun tijorat banklari tomonidan 44,1 milliard söm mikdorida kredit mablaği yönaltirildi. Iste'molçilarning sifatli, arzon uruğ va köçat xarid qilişlari uçun köçma dökonlar xizmati yölga qöyildi», — deydi Sirdaryo viloyati qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi boşliği Abduazim Xidirov.
E'tiborlisi, bugungi kunda viloyatda işlab çiqarilgan yalpi içki mahsulotning asosiy qismi kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga töğri kelişida tomorqa xöjaliklarining alohida uluşi borligi quvonarli. Bu esa bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari köpayib, narx-navoning barqarorlaşayotganidan, aholi bandligi ta'minlanayotganidan dalolatdir, deya yoziladi agentlik xabarida.






