INTER TASHKENT EXPO kompaniyasi töy marosimlari haqidagi "To‘ylar muborak" jurnali bilan hamkorlikda 2015 yil 30 may kuni soat 19.00 da LOTTE CITY HOTEL TASHKENT PALACE mehmonxonasida "To‘ylar muborak" festivalini taşkillaştiradi.
Mazkur tadbirni ötkazişdan közlangan maqsad – milliy qadriyatlarimizni saqlaş hamda taraqqiy toptiriş, özbek xalqining noyob va bebaho ma'naviy dunyosi, madaniy merosi, an'analari va marosimlarini namoyon qiliş va yuksaltirişdan iborat.
Loyiha bir qator yetakçi töy liboslari salonlarining dizaynerlari tomonidan taqdim qilinadigan kelin köylaklari va milliy liboslar defilesi, estrada yulduzlari iştirokidagi musiqiy şou-dastur hamda mehmondöst xalqimizning şarqona uslubdagi dasturxonini öz içiga oladi. Bundan taşqari, mehmonlar tadbir doirasida özbekning eng yaxşi an'analariga xos turli tomoşalarga ham guvoh bölişadi.
Tadbirga diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar vakillari, töy sanoatining yetakçi namoyondalari, şou-biznes yulduzlari taklif qilinadi.
"To‘ylar muborak" - Özbekistondagi töy tantanalari va nikoh marosimlari haqida özbek tilida hikoya qiluvçi birinçi serjilo jurnal hisoblanadi. "To‘ylar muborak" jurnali hozirda öz faoliyatini kengaytirib, yangidan-yangi va turfa xil yirik loyihalarni amalga oşirib kelmoqda.






