Turkiya qurolli kuçlari Suriya bilan çegaraga zirhli texnikasini joylaştirmoqda. Bu haqda Dogan agentligi xabar bergan.

Xabarda aytilişiça, 15 transport vositasi çegaradan 30 km masofadagi Mardin şahri böylab joylaştirilgan.

Harbiy yuk maşinalari tanklar va gaubitsalarni manzil tomon yetkazişmoqda. Şuningdek harbiy yuklarni qurolli guruh qöriqlab bormoqda.

Çegarada vaziyat keskinligiça qolayotgan bölib, Turkiyaga qoçoqlar kelişda davom etmoqda. Bundan taşqari Turkiya hududidan noqonuniy yöllar orqali sigaret, yoqilği va boşqa tovarlarni olib ötişga uriniş hollari uçramoqda. Oxirgi oylarda harbiylar bir neça yuzlab kontrabandaçilarni qölga olgan.