2015 yilning yanvar-aprel oylarida Ispaniyaga rekord darajadagi 16 mln sayyoh taşrif buyurdi. Bu körsatkiç 2014 yilning şu davriga nisbatan 4,4 foiz köproqni taşkil qildi, deb xabar bermoqda El Mundo naşri.
Ispaniya köproq britaniyalik, fransiyalik va germaniyalik sayyohlar orasida maşhur bölmoqda. Bu davlatlardan taşrif buyurgan sayyohlar uluşi umumiy sayyohlarning 53 foizini taşkil qildi. Britaniyalik sayyohlarning soni 5,5 foizga oşgan hamda deyarli 3,3 mln, fransiyaliklar soni 4,6 foizga oşgan va 2,6 mln, germaniyaliklar 0,3 foizga oşgan va 2,5 mln gaça yetgan.
Hisobot davrida italiyalik sayyohlarning soni eng köp miqdorga, ya'ni 12,2 foizga ösgan hamda 990,4 ming sayyohni taşkil qilgan.
Ispaniyaga taşrif buyuruvçi rossiyalik sayyohlar soni 28,3 foizga tuşib ketgan hamda 162 ming kişini taşkil qilgan.
Ispaniyaga kiruvçi sayyohlik oqimining 74,1 foizi Kataloniya, Kanar orollari, Andalusiya va Madridga töğri kelgan.






