Venada 23 maydan 24 mayga ötar keçasi 60-çi “Yevrovideniye-2015” xalqaro musiqiy tanlovi öz nihoyasiga yetdi.

1-örinni Şvetsiya vakili, 28 yoşli qöşiqçi Mons Zelmerlyov qölga kiritdi. U “Heroes” qöşiğini kuylab, ovoz beriş jarayonida 365 ball töpladi.

2-örin Rossiya vakili Polina Gagarinaga nasib etdi. Rossiyalik qöşiqçi “A Million Voices” qöşiğini kuylab, 303 ball töplaşga muvaffaq böldi.

Oxirgi bölib iştirok etgan Italiyaning Il Vilo triosi – Pero Barone, Inyatsio Bosketto va Janluki Jinoble “Grande Amore” qöşiği bilan 292 ball töplab, munosib ravişda 3-örinni egalladi.

Tanlov qoidalariga köra ğolib iştirokçi davlati keyingi yilgi tanlovni özida ötkazadi, ya'ni 2016 yilda tanlov Şvetsiyada bölib ötadigan böldi.