Bugun, 25 mayda Buyuk Britaniyaning Glosterşir grafligida an'anaviy Kupersxild pişloq poygasi bölib ötadi. Har yili ötkaziladigan uşbu an'anaviy poyga 200 yildan beri may oyining oxirgi duşanbasida ötkazib kelinmoqda.

200 metrlik Kuper qiyaligidan mahalliy Gloster navidagi 4 kg lik pişloq dumalatib yuboriladi. Uning orqasidan ob-havoga qanday bölişiga qaramasdan poyga iştirokçilari quvlaşni boşlaşadi. Pişloqning ketidan quvlaş paytida poyganing oxirigaça oyoqda turişning deyarli iloji yöq. Pişloqning tezligi ba'zida soatiga 100 km gaça yetadi.
Uşbu poygalar soğliq uçun jiddiy xavf solişi mumkin: iştirokçilar poyga davomida qöl-oyoqlari, qovurğalarini sindirib oliş va boşqa jarohatlar olişlari hollari köplab uçragan. Ba'zida tomoşabinlar ham jarohat oladilar.

Şuning uçun oxirgi vaqtlarda politsiya uşbu poygalarni taqiqlab qöyişga urinmoqda.

Bu udum qayerdan paydo bölganini heç kim aniq bilmaydi. Udum qişdan keyin yangi yilning kelganining timsoli sifatida toğdan yonayotgan şox-şabbalar boğlamini dumalatiş an'anasiga borib taqaladi, degan fikrlar ham bor.