Moskvaning “Spartak” klubi egasi Leonid Fedun klubda prezident lavozimini joriy etmoqçi. Oleg Romantsev bu lavozimga asosiy nomzod hisoblanmoqda. Bu haqda bir neçta manba ma'lum qilgan.
Manbalardan birining aytişiça, avvalgidek klub direktorlari kengaşi boş boşqaruvçi organ bölib qoladi. Romantsevning uşbu lavozimga tayinlaşi böyiça yakuniy qaror iyun boşida klubning direktorlari kengaşi majlisida qabul qilinadi.
Hozirda 61 yoşli Oleg Romantsev joriy yilning fevral oyida taşkil etilgan “Spartak”ning vasiylik kengaşi a'zosi hisoblanadi.
21 mayda “Spartak” direktorlari kengaşi raisi Leonid Fedun klub boşqaruvidan ketişini, biroq jamoani moliyalaştirişda davom etişini ma'lum qildi.
Ma'lumot uçun, Oleg Romantsev 1989-1995 va 1997-2003 yillar davomida “Spartak” boş murabbiyi bölgan. Uning murabbiyligi ostida “qizil-oqlar” bir martadan Sobiq ittifoq çempionati va Kubogini, 8 karra Rossiya çempioni unvonini va 3 marta Rossiya Kubogini qölga kiritgan. 1990-yillarning örtalaridan 2002 yilgaça Romantsev jamoa prezidenti lavozimini egallagan hamda jamoaning asosiy aksiyadori hisoblangan.






