Yaponiyaning Saitama şahrida Saitama International Fair-2015 Xalqaro festivali bölib ötdi. Bu forum doirasida Özbekistonning Tokiodagi elçixonasi tomonidan Özbekiston madaniyati va san'ati taqdimoti ötkazildi.

Taqdimot mehmonlari özbek xalqining an'anaviy musiqiy ijodi, milliy kiyim-boşlari, xalq-amaliy ijodiyotining turli turlari bilan tanişişlari mumkin böldi. Şuningdek, ular yurtimizning tarixi, madaniyati va urf-odatlari, arxitektura yodgorliklari va diqqatga sazovor maskanlari haqida batafsil ma'lumot oldilar.

Tadbir doirasida “Guliston” yapon ansambli çiqişi uyuştirilib, ansambl tomonidan “Tanovar”, “Munojot”, “Dilxiroj”, “Lazgi” va boşqa halq raqslari ijro etildi.

Ötkazilgan taqdimot yapon jamoatçiligiga özbek madaniyati va an'analari bilan yaqindan tanişiş, yurtimizda röy berayotgan voqealar, turli sohalardagi yutuqlardan boxabar böliş imkonini berdi.