Rossiya qahramoni Ahmad Qodirov nomli mintaqaviy jamğarma Xitoyning Lyaonin viloyatidagi Dalyan şahrida joylaşgan Tsinyuntsze rus qabristonini tiklaşga moliyaviy kömak körsatadi. Bu haqda XXRda istiqomat qiluvçi rus diasporasining 9-konferensiyasi çoğida Dalyandagi birlaşma rahbari Aleksey Andryunin bayonot berdi.

“Dalyanning markaziy Tsinyuntsze köçasida joylaşgan rus qabristoni ta'mirtalab bölib qolgan. Biz u yerda tez-tez haşar ötkazib turamiz, lekin kuçlarimiz kamlik qilmoqda. Qabristonni va u yerdagi ibodatxonani tiklaş uçun moddiy yordamga muhtojmiz. Bizning birlaşmamiz bir neça yildan buyon homiy qidiriş bilan band, yaqinda Rossiya qahramoni Ahmad Qodirov nomli mintaqaviy jamğarmadan ijobiy javob oldik. Ular barça ta'mir işlarini moliyalaştirişga va'da berdi”, – uning sözlarini keltiradi TASS agentligi.

Dalyandagi rus fuqarolik qabristonida rus-yapon uruşi yillarida (1904-1905) rus askarlari ham kömilgan. Şu bois u qisman harbiy qabriston ham hisoblanadi. Bundan taşqari, 1945 yillarda u yerda sovet askarlari kömilgan.