"Barselona" jamoasining braziliyalik himoyaçisi Dani Alves matbuot anjumani vaqtida özining jamoadagi keyingi taqdiri haqidagi savollarga javob berdi. U öz faoliyatini öz mehnatlari qadrlanadigan joyda davom ettirişini aytib ötgan.
"Kelajak haqida aniq gap ayta olmayman. Jamoa bilan 30 iyun kunigaça şartnomam mavjud. Men hozirda oldimizda turgan öyinlarda muxlislar hurmati uçun öynaş haqida öylayapman", deydi Alves.

"Şuni aytişim kerakki, jamoa rahbariyati mening öyinimni yetarliça baholamayapti. Keyingi öyinlarda men özimning jamoada qançalik muhim örin tutişimni isbotlab qöymoqçiman. Lekin, ayni vaqtda bir qölim, boşim va tanam "Barselona"dan taşqarida turibdi. Men butun borliğim bilan jamoadaman, lekin direktorlar kengaşiga bir qölim kifoyaga öxşayapti", deb davom etadi futbolçi.
Şuningdek, u jamoada qolişini pul emas, öziga bölgan e'tibor hal qilişini aytib ötgan.

"Ular gap pulda deb öylaşyapti. Lekin, men pul haqida öylayotganim yöq. Agar mehnatingning qadriga yetişmasa, mehnat qilging kelmaydi. Öylaşimça, rahbariyat uçun ba'zi futbolçilarning bor yoki yöqligi ahamiyatsiz. Ayni vaqtda, men ketsam, men jamoa uçun qilgan xizmatlarni eslab yurişadi, deb öylamayapman", deya sözlarini yakunlaydi Alves.
Biroz oldinroq, bu futbolçining "PSJ" jamoasiga ötişi haqida xabarlar tarqalgandi.