Rim papasi Frantsisk Birinçi 25 yildan buyon televizor körmagani ma'lum qilindi. Bu haqda La Voz Del Pueblo naşri xabar yozgan.
Pontifikning aytişiça, u internetdan ham foylanmaydi va bu vositalarni "özi uçun emas", deb hisoblaydi.

Savollarga javob beriş asnosida u özining ötmişidagi soğinib eslaydigan narsalarni ham eslab, köp böş vaqt hamda pitssani alohida sanagan.
U ayni vaqtda ham xohlasa, pitssaga buyurtma qilişi mumkinligini, lekin bu avvalgidek zavq bermasligini ta'kidlagan.

Bundan taşqari Rim papasi faqat bitta gazeta (La Repubblica)ni mutolaa qilişini, har kuni bu iş uçun 10 daqiqa vaqt ajratişini ma'lum qilgan.

Şuningdek, uning qiziqişlari doirasida futbol ham bor bölib, papa "San Lorentso" jamoasining işqibozi hisoblanadi.