AQŞning Texas ştati, Xeys okrugida sodir bölgan kuçli suv toşqinidan keyin kamida 12 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.

San-Markos şahrining navbatçilik xizmatlari xodimi Ken Bellning xabar berişiça, bedarak yöqolganlar orasida bolalar bölişi ham mumkin.

Ötgan dam oliş kunlari kuçli yoğingarçilik oqibatida Xeys okrugining San-Markos va Uimberli şaharlarida yuzaga kelgan suv toşqini oqibatida 3 kişi halok böldi, yuzlab uylar vayron böldi.

San-Markos şahridan ötuvçi Blanko daryosi öz qirğoqlaridan çiqib, suv sathi 12 metrgaça kötarilgan.

CNN ma'lumotlariga köra, Ostin şahri yaqinidagi Xeysning özida 400ga yaqin uy vayron bölgan.

Ob-havo mutaxassislarining prognozlariga köra, bu hududda kun davomida 20 mm.dan köproq yoğingarçilik yoğişi ehtimoli mavjud.