Toşkent şahar bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan yirik miqdordagi kosmetik vositalar, parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy olib kirilişiga çek qöyildi.

Jumladan, “Keles” temir yöl bojxona posti xodimlari “Moskva-Toşkent” yönalişidagi yuk poyezdi orqali fuqaro A.Yulçiyev (maqoladagi barça ism-şariflar özgartirilgan) tomonidan umumiy qiymati 41,5 mln. sömlik turli tovar-moddiy boyliklarni, şu jumladan 1223 dona parfyumeriya va kosmetika mahsulotlarini yaşirin ravişda olib kirilişining oldini olişdi.

Olingan tezkor ma'lumotlar asosida Toşkent şahar bojxona boşqarmasi xodimlari va huquqni muxofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda fuqarolar M.Asadov va A.Turdiyevlar boşqaruvidagi “Damas” va “Kobalt” avtomaşinalari töxtatilib, örnatilgan tartibda va xolislar iştirokida közdan keçirilganda, avtomaşinalarda horijda işlab çiqarilgan 8 turdagi salkam 2,5 ming dona kosmetika va parfyumeriya mahsulotlari noqonuniy ravişda olib ketilayotganiligi foş etildi. Yuk egalari qiymati 35 mln. sömlik uşbu tovarlarning sifati va bojxona rasmiylaştiruvini tasdiqlovçi bironta ham hujjatni bojxonaçilarga taqdim qila olişmadi.

Şuningdek, «Toşkent-Aero» ixtisoslaştirilgan bojxona komlpeksi xodimlari tomonidan “Seul-Toşkent” reysi böyiça parvozini yakunlagan namanganlik Ş.Samandarovning qinğir qilmişlariga nuqta qöyildi. Qarangki, bu şaxs yuklari orasiga 159 dona kosmetika vositalarini yaşirgan holda respublikamiz hududiga olib kirişni közlagan ekan.

Bundan taşqari, Moskvadan uçib kelgan qaşqadaryolik A.Komilov 130 dona, surxondaryolik N.Lutfullayeva esa 66 dona kosmetika va parfyumeriya vositalarini bojxona bayonnomasida va oğzaki sörovlar paytida ma'lum qilmasdan turib, olib kirişga uringan paytda töxtatib qolindi.  

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Yana bir holatda esa poytaxt bojxonaçilari tomonidan huquqni muxofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda noqonuniy ravişda saqlanayotgan parfyumeriya mahsulotlarining yaşirin “ombor”ini foş qilişdi. Uçtepa tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro U.Razzoqovaning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar iştirokida közdan keçirilganda, bu yerda fuqaro O.Yuldaşevga tegişli 27 mln. sömdan ortiq qiymatdagi 17 turdagi 961 dona horijda işlab çiqarilgan parfyumeriya vositalari noqonuniy ravişda saqlanayotganligi ma'lum böldi. Suriştiruvlar çoğida yuk egasi O.Yuldaşev uşbu tovarlarga tegişli  bironta ham hujjatni bojxonaçilarga taqdim eta olmadi.

Mazkur holat böyiça sud qarori bilan huquqbuzarga nisbatan tegişli jazo qöllanilib, daliliy aşyo sifatida olib qöyilgan tovarlar davlat egaligiga ötkazildi.

Eslatib ötamiz, parfyumeriya va kosmetika vositalari Vazirlar Mahkamasining "Özbekiston Respublikasiga iste'mol tovarlari olib kirişni takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» 2013 yil 13 maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq davlat tilida markalanişi şart bölgan iste'mol tovarlari röyxatiga kiritilgan.

Şuningdek, bu turdagi tovarlar Vazirlar Mahkamasining «Sertifikatlaştiriş tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etişni takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» 2011 yil 28 apreldagi 122-son Qaroriga binoan, majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari röyxatiga ham kiritilgan.

Şu örinda Toşkent şahar bojxona boşqarmasi va “Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi fuqarolardan bojxona qonunçiligi buzilişiga doir holatlar yoki bojxona xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan 120-76-76 va 120-86-30 işonç telefonlariga qönğiroq qilişlari mumkinligini eslatadi. Murojaatlar anonimligi kafolatlanadi.

 

Toşkent şahar bojxona boşqarmasi

va “Toşkent-Aero” IBK Axborot xizmatlari